Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 130-modda. Qarzdorning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish

Qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida tashqi boshqaruv rejasida qarzdor aksiyadorlik jamiyatining qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish imkoniyati nazarda tutilishi mumkin. Qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish imkoniyati tashqi boshqaruv rejasiga faqat zaruriy qarorni qabul qilgan qarzdorning aksiyadorlari umumiy yigʻilishining iltimosnomasiga binoan, agar bu iltimosnoma tashqi boshqaruvchiga tashqi boshqaruv tartib-taomili tugaydigan sanaga kamida olti oy qolganida yuborilgan boʻlsa, kiritilishi mumkin. Qarzdor aksiyadorlik jamiyatining ustav fondini (ustav kapitalini) uning qoʻshimcha aksiyalarini chiqarish yoʻli bilan koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror kreditorlar yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Agar qarzdorning ustav fondini (ustav kapitalini) uning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirish haqidagi masalani hal qilishda eʼlon qilingan aksiyalarning qarzdorning ustavida belgilangan miqdorini koʻpaytirishga oid qismiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa, u holda qarzdorning ustaviga faqat qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganidan keyin ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin boʻladi. Qarzdorning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish asosan ularning haqini faqat pul mablagʻlari bilan toʻlagan holda, ochiq obuna boʻyicha amalga oshirilishi mumkin. Qarzdorning aksiyadorlari qarzdorning joylashtiriladigan aksiyalarini aksiyadorlik jamiyatining oʻzlariga tegishli aksiyalari miqdoriga mutanosib miqdorda va ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq belgilanadigan narxda sotib olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladi. Qoʻshimcha aksiyalar aksiyadorlar oʻrtasida joylashtirilayotgan aksiyalarning nominal qiymatidan past boʻlmagan narxda joylashtiriladi, bunda joylashtirilayotgan aksiyalarning hammasini mazkur narxda sotish barcha kreditorlarning talablarini toʻla qanoatlantirish uc