Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 134-modda. Tashqi boshqaruvchi hisobotining sud tomonidan tasdiqlanishi

Tashqi boshqaruvchining kreditorlar yigʻilishi tomonidan koʻrib chiqilgan hisoboti va kreditorlar yigʻilishining bayonnomasi kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilgan sanadan keyin ikki kundan kechiktirmay tashqi boshqaruvchi tomonidan sudga yuboriladi. Tashqi boshqaruvchining hisobotiga kreditorlarning talablari reyestri va kreditorlar yigʻilishi qabul qilgan qarorga qarshi ovoz bergan yoki ovoz berishda ishtirok etmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinishi kerak. Tashqi boshqaruvchining hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari sud tomonidan majlisda koʻrib chiqiladi. Sud majlisi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida tashqi boshqaruvchi, shuningdek shikoyat bergan kreditorlar xabardor qilinadi. Xabardor qilingan shaxslarning hozir boʻlmasligi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishga monelik qilmaydi. Tashqi boshqaruvchining hisoboti quyidagi hollarda sud tomonidan tasdiqlanishi lozim, agar: kreditorlarning barcha talablari kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq qanoatlantirilgan boʻlsa; qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishi va kreditorlar bilan hisob-kitoblarga oʻtilishi munosabati bilan kreditorlar yigʻilishi tashqi boshqaruv tartib-taomilini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa; kreditorlar yigʻilishi tomonidan muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar boshlanishi haqida qaror qabul qilingan boʻlsa; tashqi boshqaruvchi muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash toʻgʻrisida iltimosnoma bergan boʻlsa; kreditorlar bilan qarzdor oʻrtasida kelishuv bitimi tuzilgan boʻlsa; tashqi boshqaruv tartib-taomili muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqida kreditorlar yigʻilishi tomonidan qaror qabul qilingan boʻlsa. Sud, agar quyidagilar aniqlangudek boʻlsa, tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni rad etadi: kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablari qanoatlantirilmaganligi; qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishi alomatlari ma