Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 140-modda. Tugatishga doir ish yuritishni boshlash

Sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi tugatishga doir ish yuritishning boshlanishiga sabab boʻladi. Tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili muddati oʻn ikki oydan oshishi mumkin emas. Zarurat boʻlganda bu muddat toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra yoki sudning tashabbusi bilan uch oygacha uzaytirilishi mumkin. Tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili muddatini uzaytirish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin: sud ishini va ijro ishini yuritishda qarzdorning yoki uning kreditorlarining mulkiy manfaatiga daxl qiluvchi ishning mavjudligi; qarzdorning realizatsiya qilinmagan mol-mulki mavjudligi, bundan ushbu Qonunning 57-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno; soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish va qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish, qarzdorning mansabdor shaxslari tomonidan qarzdor yuridik shaxsning va uning kreditorlari manfaatlariga qarshi boshqa huquqbuzarliklar yoki jinoyatlar sodir etilganligi alomatlari boʻyicha jinoyat ishining mavjudligi; qonunchilikning tugatish boshqaruvchisining tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotini tasdiqlash rad etilganligi haqidagi sud ajrimida koʻrsatilgan buzilishlarini bartaraf etish zarur boʻlganda; qonunchilikning vakolatli davlat organi tomonidan aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish zarur boʻlganda. Sudning tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi qarorida qarzdor yuridik shaxs faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, kreditorlar yigʻilishining, tugatish boshqaruvchisining va (yoki) tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarinin