Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 141-modda. Tugatishga doir ish yuritishni boshlash oqibatlari

Sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran: qarzdorning mol-mulkini boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yoki uning mol-mulkini uchinchi shaxslarga foydalanish uchun topshirishga sabab boʻluvchi bitimlar tuzishga faqat ushbu bobda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi; qarzdorning barcha pul majburiyatlarini bajarish muddati, shuningdek kechiktirilgan soliqlar hamda yigʻimlarni toʻlash muddati boshlangan deb hisoblanadi; qarzdorning barcha turdagi qarzlari boʻyicha neustoyka (jarima, penya) va foizlarni hisoblash tugatiladi; mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, shuningdek soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatlar yuzasidan avval hisoblangan va undirilmagan penyalar va jarimalar hisoblash toʻxtatib turiladi; qarzdor mol-mulkini sotishdan tushgan mablagʻlarning qarzdorlikni toʻlashga yoʻnaltirilgan qismi qoʻshilgan qiymat va daromad soligʻidan ozod etiladi; qarzdorning moliyaviy ahvoli haqidagi maʼlumotlar maxfiylik toifasiga, shu jumladan tijorat siriga mansubligini yoʻqotadi; undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratishga doir barcha cheklovlar olib tashlanadi; ijro hujjatlarini ijro etish tugatiladi. Pul majburiyatlari, soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha barcha talablar, boshqa mulkiy talablar faqat tugatishga doir ish yuritish doirasida qarzdorga taqdim etilishi mumkin, bundan mulk huquqini eʼtirof etish, maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish, mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi talablar, shuningdek joriy toʻlovlar boʻyicha talablar mustasno. Tugatishga doir ish yuritish boshlanguniga qadar qarzdorning majburiyatlarini bajarish taʼminoti sifatida berilgan mol-mulkdan foydalanishdan mazkur ish yuritish boshlanganidan keyin olinadigan hosilga, mahsulotga va daromadlarga nisbatan kreditorning oʻz talab