Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning talab qilish huquqlarini, agar kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan qarzdorning talab qilish huquqlarini sotishning boshqacha tartibi belgilanmagan boʻlsa, elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosiga qoʻyishga haqli. Qarzdorning talab qilish huquqlarini elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida sotish ushbu Qonunning 128-moddasida nazarda tutilgan normalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.