Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlanganidan keyin tugatish boshqaruvchisi sudga tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish natijalari toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi shart. Tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish natijalari haqidagi hisobotga quyidagilar ilova qilinadi: qarzdorning mol-mulki sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlar; kreditorlarning talablari reyestri, kreditorlar talablarining qanoatlantirilgan miqdorini koʻrsatgan holda; kreditorlarning talablari qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar; qarzdorning ushbu Qonunning 159-moddasida nazarda tutilgan mol-mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.