Ovozga qoʻyilgan masalalar boʻyicha kreditorlar yigʻilishining qarorlari yigʻilishda hozir boʻlgan ovoz berish huquqiga ega kreditorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovoz berish huquqiga ega boʻlgan har bir kreditor kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilayotgan sanadagi holatga koʻra umumiy kreditorlik qarzidagi oʻz ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega boʻladi. Kreditorlar yigʻilishi quyidagi qarorlarni ovoz berish huquqiga ega boʻlgan barcha kreditorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qiladi: kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qaror; sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish, ularning muddatini uzaytirish yoki muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi qaror; qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish toʻgʻrisidagi qaror; sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi qaror. Agar kreditorlarning yigʻilishida ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qarorlarni qabul qilish uchun ovoz berish huquqiga ega boʻlgan kreditorlarning zarur kvorumi boʻlmasa, kreditorlarning takroriy yigʻilishi chaqiriladi, basharti kreditorlarning yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan boʻlsa, ushbu takroriy yigʻilish bunday qarorlarni ovoz berish huquqiga ega boʻlgan va yigʻilishda hozir boʻlgan kreditorlar sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilishga vakolatlidir. Kreditorlar yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda kreditorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan kreditorning arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Agar kreditorlar yigʻilishining qarori toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi