Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 171-modda. Kelishuv bitimini bajarmaslik oqibatlari

Kelishuv bitimi qarzdor tomonidan bajarilmagan taqdirda kreditorlar kelishuv bitimida nazarda tutilgan hajmda talablar taqdim etishga haqli. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida yangi ish qoʻzgʻatilgan taqdirda kelishuv bitimi qaysi kreditorlarga nisbatan tuzilgan boʻlsa, oʻsha kreditorlar talablarining hajmi kelishuv bitimida nazarda tutilgan shartlariga koʻra aniqlanadi.