Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 184-modda. Sugʻurtalovchi toʻlovga qobiliyatsiz boʻlgan taqdirda sugʻurta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talab qilish huquqi

Sud sugʻurtalovchini bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, mazkur qaror qabul qilingan sanaga qadar qaysi sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta hodisasi yuzaga kelmasa, oʻsha barcha sugʻurta shartnomalari bekor qilinadi, bundan ushbu Qonunning 183-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Sugʻurta qildiruvchilar (naf oluvchilar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra bekor qilingan sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurtalovchiga toʻlangan sugʻurta mukofotining sugʻurta shartnomasining amal qilish muddati va mazkur shartnoma bekor qilingan muddat oʻrtasidagi farqqa mutanosib ravishdagi qismini, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qaytarishi shart. Sugʻurta qildiruvchilar (naf oluvchilar) sud sugʻurtalovchini bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilguniga qadar sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) toʻlanishini tugatish boshqaruvchisidan talab qilish huquqiga ega.