Sud sugʻurtalovchini bankrot deb topgan taqdirda kreditorlarning talablari quyidagi tartibda qanoatlantiriladi: birinchi navbatda — sugʻurta qildiruvchilarning hayotni sugʻurta qilish sohasidagi majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha talablari; ikkinchi navbatda — sugʻurta qildiruvchilarning boshqa majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha talablari; uchinchi navbatda — boshqa sugʻurta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talablari; toʻrtinchi navbatda — soliqlar hamda yigʻimlarni nazarda tutuvchi toʻlov (ijro) hujjatlari boʻyicha talablar. Mazkur talablar toʻliq qanoatlantirilganidan keyin ijtimoiy sugʻurta boʻyicha talablar va fuqarolarning jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida oʻz mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha talablari qanoatlantiriladi; beshinchi navbatda — sugʻurtalovchining boshqa kreditorlari talablari.