Ushbu Qonunning 38-moddasida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ham qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxsdir. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining toʻlovga qobiliyatsizligi tartib-taomillarining ushbu Qonun bilan tartibga solinmagan oʻziga xos xususiyatlari, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlari qonunchilik hujjatlarida belgilanishi mumkin. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari toʻlovga qobiliyatsizligining oldini olish va ularning toʻlov qobiliyatini tiklashning sudga qadar tartib-taomillarini oʻtkazish tartibi qonunchilikda belgilanadi.