Ulushdorning pul talablari miqdorini belgilashda quruvchining turar-joy binolarini topshirish boʻyicha majburiyatni buzishi natijasida yetkazilgan haqiqiy zarar koʻrinishidagi yoʻqotishlar miqdori, quruvchining ulushdorga topshirishi kerak boʻlgan turar-joy binosining (quruvchiga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilgan sana boʻyicha aniqlangan) qiymati va qurilish shartnomasiga asosan ulushdorlar tomonidan toʻlangan pul summasi oʻrtasidagi farq shaklida hisobga olinadi. Turar-joy binolarini topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma boʻyicha toʻlangan pul miqdori ulushdorga berilishi kerak boʻlgan turar-joy binosining qiymatidan oshib ketishi (quruvchiga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilgan sana boʻyicha aniqlanadi) ulushdorning pul talablari miqdorini oʻzgartirishga olib kelishi mumkin emas. Agar ulushdor tomonidan turar-joy qiymatini toʻlash majburiyati toʻliq bajarilmagan boʻlsa, aniqlangan haqiqiy zarar miqdori majburiyatning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda hisobga olinadi.