Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 195-modda. Jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi alomatlari

Qarzdor jismoniy shaxsning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatini toʻliq hajmda bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) toʻlov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan eʼtiboran uch oy ichida qarzdor jismoniy shaxs tomonidan bajarilmagan hamda qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida ikki yuz barobarini tashkil etsa, qarzdor jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi alomatlari hisoblanadi.