Qarzdor jismoniy shaxs, kreditor, shuningdek davlat soliq xizmati va boshqa vakolatli organlar jismoniy shaxsni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin. Jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish ushbu Qonunning 195-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud boʻlgan taqdirda sud tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin. Jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish chogʻida ushbu Qonun 30-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartib-taomillar qoʻllaniladi.