Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 20-modda. Kreditorlar qoʻmitasini saylash

Kreditorlar qoʻmitasining aʼzolari kreditorlar yigʻilishi tomonidan sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv tartib-taomillari va tugatishga doir ish yuritish amalga oshiriladigan davrga saylanadi. Kreditorlar yigʻilishining qaroriga binoan kreditorlar qoʻmitasi barcha aʼzolarining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Bunday qaror bir vaqtning oʻzida kreditorlar qoʻmitasining barcha aʼzolariga nisbatan qabul qilinishi mumkin. Eng koʻp ovoz olgan nomzodlar kreditorlar qoʻmitasi tarkibiga saylangan hisoblanadi. Kreditorlar qoʻmitasining aʼzolari oʻz tarkibidan kreditorlar qoʻmitasining raisini saylashi mumkin. Agar kreditorlar qoʻmitasida aʼzolar besh kishidan ortiq boʻlsa, kreditorlar qoʻmitasi raisi majburiy tarzda saylanadi.