Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 201-modda. Sud tomonidan arizani qanoatlantirish va jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish tartib-taomilini joriy etish

Sudning jismoniy shaxsni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish va uning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish tartib-taomilini joriy etish haqidagi ajrimi, agar bunday ariza ushbu Qonunning 196-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra berilgan boʻlsa, agar jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi alomatlari isbotlangan hamda ushbu Qonunning 200-moddasida nazarda tutilgan holatlardan loaqal bittasi sodir boʻlsa, chiqariladi. Moliyaviy boshqaruvchi qarzdor jismoniy shaxs yoki kreditorlar yoxud vakolatli davlat organi yoki sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmasi taklif etgan nomzodlar orasidan sud tomonidan tayinlanadi.