Sudning jismoniy shaxsni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarori quyidagi shartlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda qabul qilinadi: jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisida boshqa ish mavjud boʻlsa; jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi alomatlari yoʻq boʻlsa; ushbu Qonun 200-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻlmasa; kreditorning yoki tegishli vakolatli organning arizasida koʻrsatilgan talablar toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ariza berilgan sanada sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan tasdiqlanmagan boʻlsa hamda kreditor yoki tegishli vakolatli organ va jismoniy shaxs oʻrtasida daʼvo ishi tartibida hal etilishi lozim boʻlgan huquqqa oid nizo mavjud boʻlsa.