Kreditorlar yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga: kreditorlar qoʻmitasi aʼzolarini saylash, qoʻmitaning miqdoriy tarkibini belgilash va aʼzolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi qarorni; jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi yoki tasdiqlashni rad etish haqidagi qarorni; jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga kiritiladigan oʻzgartishlarni tasdiqlash haqidagi yoki tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni; jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini bekor qilish haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarorni, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno; jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarorni, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno; kelishuv bitimini tuzish haqidagi qarorni qabul qilish kiradi.