Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish jarayonida qarzdor jismoniy shaxs kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan quyidagi bitimlarni tuzishi mumkin: bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan oshmagan miqdordagi mol-mulkni, qimmatli qogʻozlarni, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni va transport vositalarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita boshqa shaxsga oʻtkazish yoxud sotib olishga qaratilgan; ssudalar olish va berish, kreditlar olish, kafilliklar va kafolatlar berish, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish, qarzni oʻtkazish, shuningdek jismoniy shaxsning mol-mulkini ishonchli boshqaruvga topshirish haqidagi; jismoniy shaxsning mol-mulkini garovga berish haqidagi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan bitimlarni amalga oshirish bilan bogʻliq nizolar sud tomonidan hal etiladi. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish tartib-taomili joriy etilgan sanadan eʼtiboran jismoniy shaxs oʻz mol-mulkini yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki ulush sifatida berishga, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olishga, shuningdek begʻaraz bitimlarni tuzishga haqli emas, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan hollar bundan mustasno. Jismoniy shaxs maxsus bank hisobvaragʻini ochishga va unga qoʻyilgan pul mablagʻlarini moliyaviy boshqaruvchining roziligisiz tasarruf etishga haqli. Jismoniy shaxs tomonidan maxsus bank hisobvaragʻiga qoʻyilgan pul mablagʻlarini tasarruf etish yuzasidan amalga oshirilgan operatsiyalar summasi kreditorlar yigʻilishi tomonidan belgilanadi va sud tomonidan tasdiqlanadi. Agar kreditorlar yigʻilishi jismoniy shaxs tomonidan pul mablagʻlarini tasarruf etish yuzasidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning eng koʻp miqdorini belgilamagan boʻlsa yoki qarzdor jismoniy shaxs belgilangan miqdordan qanoatlanmagan boʻlsa, bunday miqdor qarzdor jismoniy shaxsning arizasiga koʻra sud tomonidan belgilanishi va tasdiqlanishi mumkin. Sud qarzdor jismon