Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 207-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini taqdim etish tartibi

Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish jarayonida qarzdor jismoniy shaxs va (yoki) kreditor ushbu Qonunning 143-moddasida nazarda tutilgan muddat tugagan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini moliyaviy boshqaruvchiga taqdim etishga haqli. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasining loyihasi hamda unga ilova qilinadigan hujjatlar bilan tanishish tartibi va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Qonunda belgilangan tartibda eʼlon qilinadi. Agar moliyaviy boshqaruvchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq shaxsdan jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejalarining loyihalarini olgan boʻlsa, u bunday loyihalarni kreditorlar yigʻilishiga koʻrib chiqish uchun kiritadi. Agar jismoniy shaxsning moliyaviy boshqaruvchisi ushbu moddada koʻrsatilgan muddat ichida jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasining birorta ham loyihasini olmagan boʻlsa, u qarzdor jismoniy shaxs bilan hamkorlikda jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini ishlab chiqish choralarini koʻradi. Agar qarzdor jismoniy shaxs bunday rejani ishlab chiqishga monelik qilayotgan boʻlsa, qarzdor jismoniy shaxsning moliyaviy boshqaruvchisi kreditorlar yigʻilishiga jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini joriy etish haqida taklif kiritadi. Moliyaviy boshqaruvchi jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini, taqdim etilgan rejaga oid eʼtirozlarni va (yoki) uni qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni (bunday eʼtirozlar mavjud boʻlganda), shuningdek oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni, kreditorlar reyestrini, qarzdor jismoniy shaxsning moliyaviy holati haqidagi maʼlumotlarni kreditorlarning birinchi yigʻilishida koʻrib chiqish uchun taqdim etishi shart. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasining loyihasi ushbu Qonunda belgilang