Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 208-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga qoʻyiladigan talablar

Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasi quyidagi talablarga javob berishi kerak: jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasi taqdim etilgan sanada qarzdor jismoniy shaxs daromad manbaiga ega boʻlishi kerak; jismoniy shaxsni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilingan sanaga qadar jismoniy shaxsni mayda oʻgʻrilik sodir etganligi uchun, mol-mulkni qasddan yoʻq qilish, unga zarar yetkazish yoki uni shikastlash yoxud soxta toʻlovga qobiliyatsizlik yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari boʻyicha maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi ishlar boʻyicha ish yuritish tugatilgan boʻlishi, shuningdek jismoniy shaxsning iqtisodiy sohada qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlanganlik holati olib tashlangan yoki tugatilgan boʻlishi; qarzni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasi taqdim etilishidan oldingi besh yil davomida jismoniy shaxs bankrot deb topilmaganligi va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili qoʻllanilmaganligi; ushbu reja taqdim etilishidan oldingi sakkiz yil davomida jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasi tasdiqlanmagan boʻlishi. Qarzdor jismoniy shaxs kreditorlarni: mayda oʻgʻrilik, mol-mulkni qasddan yoʻq qilish, unga zarar yetkazish yoki uni shikastlash, toʻlovga qobiliyatsizlik vaqtida gʻayriqonuniy harakatlar sodir etilganligi, soxta toʻlovga qobiliyatsizlik yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlik uchun maʼmuriy yoxud jinoiy javobgarlikka tortilganligi faktlari haqida; jismoniy shaxsga maʼlum boʻlgan jinoyat ishlari va maʼmuriy ishlar haqida, shuningdek sudlanganlik holati olib tashlanganligi yoki sudlanganligi tugatilganligi toʻgʻrisida; ilgari besh yil mobaynida qabul qilingan jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini qoʻllash haqidagi qaror yoki uning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasi taqdim etilishidan oldingi sakkiz yil ichida qarzni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejalari toʻgʻrisida xab