Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 211-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini sud tomonidan koʻrib chiqish

Agar ushbu Qonunning 221-moddasiga muvofiq qanoatlantirilishi kerak boʻlgan joriy majburiyatlarga doir talablarning, kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan birinchi va ikkinchi navbatdagi kreditorlar talablarining toʻliq qanoatlantirilishi nazarda tutilgan boʻlsa, kreditorlar yigʻilishi tomonidan maʼqullangan jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasi sud tomonidan tasdiqlanishi lozim. Agar kreditorlar yigʻilishi tomonidan jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasi maʼqullanmagan boʻlsa, jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxs mazkur rejani maromiga yetkazish uchun qoʻshimcha muddat berish haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etganda, sud jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini tasdiqlash haqidagi masalani koʻrib chiqishni keyinga qoldirishi mumkin. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini maromiga yetkazish uchun sud tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha muddat ikki oydan koʻp boʻlishi mumkin emas. Sud jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimni; jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini tasdiqlashni rad etish haqidagi, shuningdek jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisidagi qarorni. Agar jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasi kreditorlar yigʻilishi tomonidan maʼqullanmasa, sud ushbu rejani quyidagi holatlarda tasdiqlashga haqli: rejani amalga oshirish jismoniy shaxsning barcha kreditorlari talablarini toʻliq hajmda qanoatlantirish imkonini berganda; jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish natijasida, shuningdek uning oʻrtacha olti oylik daromadi miqdori kreditor va tegishli vakolatli organ talablarining ka