Sud tomonidan jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasi tasdiqlangan sanadan eʼtiboran quyidagi oqibatlar yuzaga keladi: kreditorlarning rejaga kiritilgan talablari jismoniy shaxsga faqat ushbu rejada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda taqdim etiladi; kreditorlarning rejaga kiritilmagan talablari jismoniy shaxsga ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilishi mumkin; kreditorlar reja tasdiqlanganidan keyin oʻzi koʻrgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida talablar qoʻyishga haqli boʻlmaydi; jismoniy shaxsning pul majburiyatlari boʻyicha talablarini qarama-qarshi talabni oʻzaro hisobga olish yoʻli bilan tugatishga, agar rejada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi; pul majburiyatlarini va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoykalar (jarimalar, penyalar) va boshqa sanksiyalar, shuningdek rejaga kiritilgan, biroq bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan haq toʻlash shartlari boʻyicha foizlar hisoblanmaydi, bundan joriy toʻlovlar mustasno; jismoniy shaxs oʻz qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirishning belgilangan rejasiga nisbatan oʻz mulkiy holatining muhim oʻzgarishi toʻgʻrisida bunday oʻzgarish yuz bergan sanadan eʼtiboran oʻn besh kun ichida kreditorni va tegishli vakolatli organni yozma shaklda xabardor qilishi shart. Jismoniy shaxs mulkiy holatining muhim oʻzgarishi mezonlari uning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasida belgilanadi. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini bajarish muddati davomida qarzdor jismoniy shaxs qarz olish uchun murojaat qilganda, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qarzga olayotganda ushbu reja amalga oshirilganligini yashirishga haqli emas. Talablari jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga kiritilmagan kreditorlar va (yoki) tegishli vakolatli organ mazkur talablarni ushbu Qonunda belgilangan tartibda rejani tasdiqlash vaqtida taq