Jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran jismoniy shaxsning aniqlangan yoki mazkur tartib-taomil boshlanganidan keyin sotib olingan barcha mol-mulki tugatish massasini tashkil etadi, bundan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 52-moddasida nazarda tutilgan hamda undiruvni qaratish mumkin boʻlmagan mol-mulk mustasno. Agar undiruvni qaratish mumkin boʻlmagan mol-mulk tugatish massasiga kiritilgan boʻlsa, jismoniy shaxsning yoki toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasiga koʻra sudning ajrimi bilan bu mol-mulk tugatish massasidan chiqarib tashlanadi. Sudning mazkur ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Jismoniy shaxsning va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga koʻra sud qonunchilikka muvofiq ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilgan mol-mulkni tugatish massasidan chiqarib tashlashga haqli hamda uni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning kreditorlar talablarini qanoatlantirishga aloqasi boʻlmaydi. Qarzdor jismoniy shaxsning fuqarolik va oila toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq uning umumiy mol-mulkdagi ulushini tashkil etuvchi mol-mulki tugatish massasiga kiritilishi mumkin. Kreditor qarzdor jismoniy shaxsning ulushini umumiy mol-mulkdan ajratish haqida talab qoʻyishga haqli. Qarzdor jismoniy shaxs bankrot deb topilgan va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili boshlangan kundan eʼtiboran: tugatish massasini tashkil etuvchi mol-mulkka nisbatan barcha huquqlar, shu jumladan uni tasarruf etishga doir huquq jismoniy shaxs nomidan faqat moliyaviy boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi; tugatish massasini tashkil etuvchi mol-mulkka nisbatan jismoniy shaxs tomonidan (moliyaviy boshqaruvchining ishtirokisiz) tuzilgan bitimlar oʻz-oʻzidan haq