Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 22-modda. Sud boshqaruvchilari

Oliy maʼlumotga hamda kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan, shuningdek vakolatli davlat organida attestatsiyadan oʻtgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan, fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishga ixtisoslashuvi boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan advokat ham sud boshqaruvchisi boʻlishi mumkin. Sud boshqaruvchilari etib quyidagilar tayinlanishi mumkin emas: qarzdorga yoki kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxslar; sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar; sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar; oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili joriy etilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki jismoniy shaxslar; ilgari sud boshqaruvchisi vazifasini bajarayotganda qarzdorga, kreditorlarga zarar yetkazgan va bu zararning oʻrnini qoplamagan shaxslar; vakolatli davlat organi qarori bilan sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishi tugatilgan (bekor qilingan) va (yoki) vaqtincha toʻxtatib turilgan (sud boshqaruvchisi attestatining amal qilish muddati vaqtincha toʻxtatib turilgan muddatga) shaxslar; oʻziga nisbatan boshqa shaxslarning ishlarini va (yoki) mol-mulkini boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga cheklov belgilangan shaxslar (bunday faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar). Sud ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga muvofiq toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar taqdim etgan dalillar boʻlgan taqdirda, sud boshqaruvchiligiga tavsiya etilgan nomzodni tayinlashni rad etadi yoki sud boshqaruvchisini vazifalarini bajarishdan ozod etadi. Sud boshqaruvchisi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga zarar yetkazilishi hodisasi uchun oʻz javobgarligini sud tomonidan sud boshqaruvchiligiga tayinlangan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida sugʻurtalashi kerak. Ushbu moddaning beshinchi qismida k