Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 223-modda. Jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishni qayta tiklash

Qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulki yashirilganligi yoki jismoniy shaxsning mol-mulki qonunga xilof ravishda uchinchi shaxslarga berilganligi dalillari aniqlangan taqdirda, jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi tartib-taomili jarayonida talablari qanoatlantirilmagan kreditor yoki tegishli vakolatli organ sudga toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini tamomlash haqidagi ajrimni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etishga haqli. Jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi tartib-taomilini tamomlash haqidagi ajrim ushbu ajrim chiqarilgan sanada kreditorga yoki tegishli vakolatli organga maʼlum boʻlmagan yangidan ochilgan holatlar boʻyicha ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Kreditor yoki tegishli vakolatli organ ushbu moddada belgilangan asoslarga koʻra jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi tartib-taomilini tamomlash haqidagi ajrimni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizani sud tomonidan mazkur ajrimni qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻlgan holatlar aniqlangan kundan eʼtiboran bir oy ichida berishga haqli. Sudning jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi tartib-taomilini tamomlash haqidagi ajrimini bekor qilish toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni qayta tiklash uchun asos boʻladi. Sud jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishni yuritishni qayta tiklash haqida ajrim chiqaradi, ushbu ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi haqidagi ishni yuritish qayta tiklanganda uning mol-mulkini sotish tartib-taomili joriy etiladi. Jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi tartib-taomilini tamomlash toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishni yuritishni qayta tiklash haqidagi xabarni eʼlon qilish ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishni y