Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 227-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorning toʻlovga qobiliyatsizligini tartibga solish

Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yakka tartibdagi tadbirkorning toʻlovga qobiliyatsizligi bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan mazkur Qonunning 1 , 2 , 4 va 5-boblari qoidalari qoʻllaniladi. Ushbu bobning qoidalari avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqadigan majburiyatlar munosabati bilan yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi munosabatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.