Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 231-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor bitimlarining haqiqiy emasligi

Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza sudga berilganidan keyin qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning oʻz mol-mulkini boshqa shaxsga oʻtkazish yoki manfaatdor shaxslarga boshqacha usulda berish bilan bogʻliq bitimlari oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi. Kreditorning talabiga koʻra sud oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydigan bitim haqiqiy emasligining oqibatlarini qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning bitim predmeti boʻlgan mol-mulkini qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulki tarkibiga qaytarish tariqasida yoki undiruvni manfaatdor shaxslarda turgan tegishli mol-mulkka qaratish tariqasida qoʻllaydi.