Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili tamomlanganda qarzdor toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish jarayonida kreditorlarning talablarini kelgusida bajarishdan ozod etiladi, bundan quyidagilar mustasno: kreditorlarning hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talablari; alimentlarni undirish haqidagi talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatga ega boshqa talablar; sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qarorini ijro etish tartibida qanoatlantirilmagan yoki qisman qanoatlantirilgan talablar; qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish tartib-taomili amalga oshirilganda bildirilmagan talablar; qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishni yuritish jarayonida bildirilmagan boshqa talablar. Bajarilishdan ozod etilmagan talablar oʻz kuchini saqlab qoladi va qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning toʻlovga qobiliyatsizligi tartib-taomili tamomlanganidan keyin tegishincha toʻliq hajmda yoki ularning qanoatlantirilmagan qismi hajmida taqdim etilishi mumkin.