Sud tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi. Tugatilayotgan yuridik shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillari qoʻllanilmaydi. Kreditorlar tugatilayotgan yuridik shaxsga nisbatan oʻz talablarini tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish haqidagi eʼlon chiqarilgan paytdan eʼtiboran bir oylik muddatda taqdim etishga haqli.