Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 240-modda. Yuridik shaxsni toʻlovga qobiliyatsizlik tartibida tugatishni rad etish oqibatlari

Ushbu Qonun 238-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarning buzilganligi yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga yuridik shaxs tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvni kiritishni rad etish uchun asos boʻladi. Ushbu Qonun 238-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarning buzilishiga yoʻl qoʻygan tugatish komissiyasining raisi yoki tugatuvchi tugatilayotgan yuridik shaxsning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlari hamda yigʻimlari yuzasidan qanoatlantirilmagan talablar boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi.