Sud boshqaruvchisiga vazifalarini bajarganligi uchun haq toʻlash miqdori va tartibi bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda kreditorlarning yigʻilishi tomonidan belgilanadi, sud tomonidan tasdiqlanadi hamda, agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdorning mol-mulki hisobidan toʻlanadi. Jismoniy shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida sudga ariza bergan arizachi tomonidan moliyaviy boshqaruvchiga haq toʻlash uchun sudning depozit hisobvaragʻiga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yetti baravari miqdorida oldindan pul mablagʻlari oʻtkaziladi. Sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilgan pul mablagʻlarining oʻrni jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi jarayonida qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan ushbu Qonun 221-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi. Qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulki mavjud boʻlmagan taqdirda, agar kreditorlar yigʻilishida boshqacha kelishuv belgilangan boʻlmasa, moliyaviy boshqaruvchiga haq toʻlash sudning depozit hisobvaragʻiga arizachi tomonidan oʻtkazilgan pul mablagʻlari bilan cheklanadi. Toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilganda, agar qarzdor bilan boshqacha kelishuv belgilangan boʻlmasa, sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlarining oʻrni qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bergan arizachi tomonidan qoplanadi. Bunda sud boshqaruvchisiga haq toʻlash uchun sudning depozit hisobvaragʻiga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yetti baravari miqdorida oldindan toʻlov amalga oshiriladi. Sud boshqaruvchisiga haq har bir yakunlangan ishi uchun toʻlanadi. Davlat soliq xizmati organining arizasiga asosan jismoniy shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik va (yoki) toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilganda, sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlari sudga ariza bergan davlat soliq xizmati organi tomonidan