Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakolatli davlat organidir. Vakolatli davlat organi: ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini toʻlovga qobiliyatsiz, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida yuritadi hamda ularning elektron maʼlumotlar bazasi shakllantirilishini tashkil etadi; ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi bor korxonalarning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etadi; sud boshqaruvchilarining attestatsiyasini oʻtkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi; ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi; ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish va ularning toʻlovga qobiliyatsizligi tartib-taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi; toʻlovga qobiliyatsizlik jarayoni ustidan monitoring olib boradi; sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonunchilikka muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonunchilik muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida sudga ariza bilan murojaat etadi; toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishning soddalashtirilgan tartibi jarayonida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalarni tugatishga doir ish yuritish amalga oshirilayotganda sud boshqaruvchiligiga nomzodlarni taqdim etish huquqiga ega; moliyaviy holati boʻyicha monitoring yuritilayotgan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati haqidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun ushbu korxonalarning rahbarlariga