Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 30-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari

Qarzdor yuridik shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda quyidagi tartib-taomillar qoʻllaniladi: kuzatuv; sud sanatsiyasi; tashqi boshqaruv; tugatishga doir ish yuritish. Qarzdor jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda quyidagi tartib-taomillar qoʻllaniladi: qarzni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish; bankrotlikni tan olish va mol-mulkni sotish. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili qoʻllaniladi.