Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 33-modda. Sudgacha sanatsiya qilishga oid huquqiy munosabatlarning obyekti va subyektlari

Sudgacha sanatsiya qilishning obyekti qarzdor yuridik shaxsdir. Sudgacha sanatsiya qilishning subyektlari qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari), qarzdor mol-mulkining egasi, davlat organlari va boshqa shaxslar boʻlishi mumkin.