Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish jarayoni boshlangan sanadan eʼtiboran yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar joriy toʻlovlardir. Kreditorlarning joriy toʻlovlar boʻyicha talablari kreditorlar talablarining reyestrida aks ettirilmaydi. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish jarayonida kreditorlarning joriy toʻlovlar boʻyicha talablarini qanoatlantirish ushbu Qonun 150-moddasining birinchi qismiga muvofiq amalga oshiriladi.