Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi bor korxonaga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi vakolatli davlat organining arizasi sudga yozma yoki elektron shaklda, qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova qilingan holda beriladi. Vakolatli davlat organining arizasi sudga ushbu Qonunning 41 va 43-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda beriladi.