Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 53-modda. Sud tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish

Sud tomonidan kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv tartib-taomillarini joriy etish, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish, sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida chiqarilgan ajrimlar haqidagi, qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qarorlar, mazkur hujjatlarni bekor qilish yoki oʻzgartirish haqida qarorlar qabul qilinganligi haqidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. Ommaviy axborot vositalarining roʻyxati, davriyligi va mazkur maʼlumotlarni eʼlon qilish muddati, koʻrsatiladigan xizmatlarning narxlari hamda moliyalashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Sud boshqaruvchisi tegishli sud hujjati olingan sanadan eʼtiboran uch kun ichida ommaviy axborot vositasining manziliga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan eʼlonni yuboradi. Eʼlon qilish uchun yuborilgan sud hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ular olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida eʼlon qilinadi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlarni eʼlon qilish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplash, agar ushbu Qonunda yoki kreditorlar yigʻilishining yoxud kreditorlar qoʻmitasining qarorida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdorning pul mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Qarzdorda pul mablagʻlari mavjud boʻlmasa, bunday maʼlumotlarni eʼlon qilish haqini toʻlash toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bilan sudga murojaat etgan arizachi hisobidan amalga oshiriladi, bu mablagʻlarning oʻrni keyinchalik qarzdorning mol-mulki hisobidan qoplanadi. Qarzdorda eʼlon qilish xarajatlarining oʻrnini qoplash uchun yetarli mol-mulk mavjud boʻlmasa, xarajatlarning oʻrnini qoplash qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etgan arizachi hisobidan amalga oshiriladi. Sud tomonidan chiqarilga