Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 55-modda. Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori

Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinadi: toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlanmaganda; sud toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror qabul qilguniga qadar kreditorlarning bildirilgan talablari qanoatlantirilganda; soxta toʻlovga qobiliyatsizlik aniqlanganda. Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qabul qilinishi mumkin. Qarzdorda yetarli hajmda likvid mol-mulk mavjudligidan dalolat beruvchi dalillar mavjud boʻlgan taqdirda sud qarzdorning iltimosnomasiga koʻra toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishni keyinga qoldirishga, qarzdorga kreditorlarning talablarini sud tomonidan belgilangan muddatda qanoatlantirishni taklif etishga haqli, bu muddat oʻttiz kundan oshmasligi kerak.