Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 6-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish

Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish ushbu Qonunning 7-moddasiga muvofiq sudga murojaat etish huquqiga ega boʻlgan shaxsning (organning) arizasi asosida qarzdor yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi, shuningdek qarzdor jismoniy shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyidagi sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha, ushbu Qonunda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.