Qarzdor tuzgan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi sudga qarzdorning nomidan sud boshqaruvchisi tomonidan oʻz tashabbusi bilan yoki kreditorlar yigʻilishining yoxud kreditorlar qoʻmitasining, shuningdek talablari kreditorning reyestriga kiritilgan bir yoki bir necha kreditorlarning qaroriga koʻra berilishi mumkin. Bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab boʻyicha daʼvo muddati sud boshqaruvchisi ushbu Qonunda nazarda tutilgan bitimni haqiqiy emas deb topish uchun asoslar mavjudligini bilgan yoki bilishi shart boʻlgan kundan eʼtiboran hisoblab chiqariladi.