Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 78-modda. Kuzatuv tartib-taomilini joriy etish

Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganda kuzatuv tartib-taomili sud qarzdor — yuridik shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilgan sanadan eʼtiboran joriy etiladi, bundan ushbu Qonunga muvofiq qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlikning boshqa tartib-taomili qoʻllanilishi kerak boʻlgan hollar mustasno. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan taqdirda sudning arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimida kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi koʻrsatiladi.