Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 79-modda. Kuzatuv tartib-taomilini joriy etish oqibatlari

Kuzatuv tartib-taomili joriy etilgan paytdan eʼtiboran: mulkiy undiruvlar boʻyicha ijro hujjatlarini ijro etish toʻxtatib turiladi, bundan ish haqi boʻyicha, mualliflik shartnomalari boʻyicha haqlarni, alimentlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish haqidagi, shuningdek hayotga yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi, sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilingan paytga qadar qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlarini ijro etish mustasno. Sudning arizani ish yuritishga qabul qilish va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ajrimi ijro hujjatlarini ijro etishni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi; qarzdor yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) uning tarkibidan muassislari (ishtirokchilari) chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol-mulkidan ulushni (payni) ajratish haqidagi talablarini qanoatlantirish taqiqlanadi; emissiya qimmatli qogʻozlari boʻyicha dividendlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash taqiqlanadi. Qarzdordan pul mablagʻlarini olish toʻgʻrisidagi talablar qarzdorga talablar qoʻyishning faqat ushbu Qonunning 87-moddasida belgilangan tartibiga rioya etilgan holda qoʻyilishi mumkin. Qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilgan sanadan eʼtiboran qarzdorning kontragenti tomonidan shartnomalarni bajarishni bir tomonlama rad etishga yoki ularni bir tomonlama oʻzgartirishga, agar bu taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan boʻlsa ham yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatlar boʻyicha kelishmovchiliklar boʻlgan taqdirda, qarzdor kontragentining shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi talabi sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida koʻrib chiqiladi. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish jarayonida qarzdor shartnomani bajara olishi va shartnoma boʻyicha majburiya