Ushbu Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud boʻlganda qarzdor toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdor yuridik shaxs oʻz muassislarining (ishtirokchilarining) yoki mol-mulki egasining qarori yoxud mol-mulkining egasi tomonidan vakil qilingan organning qarori asosida qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etadi.