Qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi haqidagi xabarni muvaqqat boshqaruvchi oʻzi tayinlangan paytdan eʼtiboran uch kun ichida ommaviy axborot vositalarida ushbu Qonunning 53-moddasida nazarda tutilgan tartibda eʼlon qilish uchun yuborishi shart. Muvaqqat boshqaruvchi ish haqi boʻyicha qarzni toʻlash talabini qoʻyadigan kreditorlardan tashqari qarzdorning aniqlangan barcha kreditorlarini qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi toʻgʻrisida sud ajrim chiqarganligi haqida kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligiga oid xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay xabardor qilishi shart. Qarzdorning rahbari qarzdorning xodimlarini, muassislarini (ishtirokchilarini) yoki qarzdor mol-mulkining egasini qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomilini joriy etish haqidagi sud ajrimini olgan sanadan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilishi shart. Ish haqi boʻyicha qarzni toʻlash talabini qoʻyadigan kreditorlardan tashqari kreditorlarga kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligini xabar qilish kreditor tomonidan xabar olingan sanani belgilay olish imkoniyatini beradigan usulda xabar yuborish orqali amalga oshiriladi. Ish haqi boʻyicha qarzni toʻlash talabnomalari yuzasidan kreditorlarni xabardor qilish qarzdor xodimlarining umumiy yigʻilishini chaqirish va oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Qarzdorning muassislarini (ishtirokchilarini) xabardor qilish muassislar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishini chaqirish yoki yuridik shaxsning qonunchilikka yoxud taʼsis hujjatlariga muvofiq muassislarning (ishtirokchilarning) umumiy yigʻilishini chaqirish huquqiga ega boʻlgan organiga qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etish haqida xabar yuborish orqali amalga oshiriladi. Qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomilini joriy etish haqidagi xabarda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud boʻlgan taqdirda