Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 87-modda. Kreditorlar talablarining miqdorini belgilash

Kreditorlarning birinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi toʻgʻrisidagi axborot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida kreditorlar oʻz talablarini qarzdorga taqdim etishga haqli. Kreditorlarning talablari kreditorlar tomonidan sud hujjatini yoki ushbu talablarning asosliligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni ilova qilgan holda sudga, qarzdorga va muvaqqat boshqaruvchiga yuboriladi. Kreditorlarning aniqlangan deb eʼtirof etish uchun asosga ega boʻlgan talablariga nisbatan qarzdor oʻz eʼtirozlarini sudga quyidagi hollarda yuborishga haqli, agar: kreditor tomonidan talabni aniqlangan deb hisoblash uchun asos sifatida taqdim etilgan sud hujjatini bekor qiluvchi yoki oʻzgartiruvchi, xuddi shuningdek uning amal qilishini toʻxtatib turuvchi yoxud ijrosi usulini va tartibini oʻzgartiruvchi qonuniy kuchga kirgan sud hujjati mavjud boʻlsa; kreditor tomonidan talabni aniqlangan deb eʼtirof etish uchun asos sifatida taqdim etilgan hujjatni (qarzni tan olish, notariusning ijro xati va boshqalar) bekor qiluvchi yoki oʻzgartiruvchi, xuddi shuningdek uning amal qilishini toʻxtatib turuvchi hujjat mavjud boʻlsa; kreditor tomonidan talabni aniqlangan talablar jumlasiga kiritish dalili sifatida taqdim etilgan hujjat boʻyicha qarzni toʻlash muddatlarini, tartibini va shartlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qarzdor va kreditor oʻrtasida bitim tuzilgan boʻlsa; qarzdor qarzni toʻliq yoki qisman toʻlagan boʻlsa; talab bildirilgan majburiyatdagi shaxsning oʻzgarganligiga dalillar mavjud boʻlsa. Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlarning ushbu Qonunga muvofiq aniqlangan deb eʼtirof etiladigan talablariga oʻz eʼtirozlarini, agar muvaqqat boshqaruvchida qarzdorning qarzni tan olish boʻyicha harakatlari boshqa kreditorlarning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzadi va (yoki) asossiz deb hisoblash uchun yetarli asoslar boʻlsa, sudga yuborishga haqli. Qarzdorning, muvaqqat boshqaruvchining kredito