Kuzatuv tartib-taomili jarayonida qarzdor, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi shaxs (shaxslar) sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning birinchi yigʻilishiga yoxud sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir. Qarzdorning sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasi tartib-taomilining taklif qilinayotgan muddati va qarzni toʻlash jadvali koʻrsatilgan holda qarzdorning sud sanatsiyasi rejasi ilova qilinishi kerak. Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning yigʻilishiga murojaat qilgan shaxslar mazkur iltimosnomani va unga ilova qilinadigan hujjatlarni kreditorlarga bu hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini berish maqsadida kreditorlarning yigʻilishi oʻtkaziladigan sanaga kamida ikki hafta qolganida muvaqqat boshqaruvchiga taqdim etishi shart. Qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasining rejasi, qarzni toʻlash jadvali, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) umumiy yigʻilishining bayonnomasi ilova qilinishi kerak. Mazkur umumiy yigʻilishning bayonnomasida sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish uchun ovoz bergan muassislar (ishtirokchilar) roʻyxati hamda bu shaxslar tomonidan qarzni toʻlash jadvalining bajarilishini taʼminlashga oid hujjatlar koʻrsatilishi kerak. Uchinchi shaxsning (shaxslarning) sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasiga qarzni toʻlash jadvali va qarzdorning qarzni toʻlash jadvalini bajarishi uchinchi shaxs (shaxslar) tomonidan taʼminlanishiga oid hujjatlar ilova qilinishi kerak. Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat qilish toʻgʻrisi