Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, shu jumladan fuqaro muhofazasi va tibbiy bilim asoslari boʻyicha tayyorgarlik oʻquv dasturidagi majburiy fan boʻlib, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va boshlangʻich professional taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar tayyorgarlik oʻqituvchilari tomonidan bitirish yili arafasidagi kurslardan yoki sinflardan boshlab oʻtiladi. Chaqiruvga qadar tayyorgarlik darajasi past boʻlgan chaqiriluvchilar chaqirilishdan oldin qoʻshimcha ravishda bunday tayyorgarlikdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan mudofaa-sport sogʻlomlashtirish lagerlarida oʻtishlari mumkin.