Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida 19-modda. Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi

Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan yiliga bir marta — mart — aprel oylarida oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori chaqiruv boshlanishiga kamida bir oy qolganida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilinganidan keyin chaqiriluvchilar, shu jumladan vaqtincha roʻyxatda turgan, chaqiriluvchilar chaqiruv qogʻozida koʻrsatilgan muddatda chaqiruv punktida hozir boʻlishi shart. Muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtamagan va harbiy roʻyxatda turmagan chaqirilish yoshidagi fuqarolar, shuningdek doimiy turar joyidan vaqtincha boshqa joyga joʻnab ketgan va oʻsha yerda harbiy roʻyxatda turmagan chaqiriluvchilar turar joylaridagi mudofaa ishlari organlarida hozir boʻlishi shart. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va taʼlim muassasalarining rahbarlari xizmat safarida boʻlgan chaqiriluvchilarni chaqirtirib olishlari va ularning chaqiruv uchastkasida oʻz vaqtida hozir boʻlishini taʼminlashlari shart. Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va yoshi oʻn sakkizdan oshgan chaqiriluvchilarning harbiy roʻyxatda turish joyini oʻzgartirishiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi chaqiruv toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilinguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilinganidan keyin chaqiriluvchilar harbiy roʻyxatda turish joyini faqat quyidagi hollarda oʻzgartirishi mumkin: boshqa joydagi ishga oʻtkazilgan boʻlsa; yangi turar joyga koʻchib oʻtgan boʻlsa; taʼlim muassasasiga oʻqishga kirgan va taʼlim olishni davom ettirish uchun ketayotgan boʻlsa. Ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilgan asoslarning mavjudligi mudofaa ishlari organiga taqdim etiladigan tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. Fuqarolar mudofaa ishlari organlari tomonidan belgilangan muddatlarda chaqiruv uchastkalarida hozir boʻlma