Tinchlik davrida muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan quyidagilar ozod etiladilar: 1) salomatligiga koʻra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan chaqiriluvchilar; 2) yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni oʻtash vaqtida halok boʻlgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar; 3) roʻyxatdan oʻtgan diniy tashkilotlardan birida diniy rutba egasi boʻlgan chaqiriluvchilar. Ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan shaxslar oʻz roziliklari bilan harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin. Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydilar.